Жорий йилнинг 1-3 октябрь кунлари Давлатобод туманидаги “Афсоналар водийси” тематик боғида ўтказилган III - "Халқаро Асал фестивали"нинг тақдирлаш маросими бўлиб ўтди.

Унда  вилоят ҳокимининг ўринбосари Ботир Нуритдинов сўзга чиқиб, фестиваль Наманганнинг яна бир ташриф қоғозига айланиб бораётганини эътироф этди.

Фестивалда иштирок этган 50 дан ортиқ маҳаллий ва қўшни давлатлардан ташриф буюрган асалчиларга ташаккурнома ва эсдалик совғалари топширилди.

Тақдирлаш маросимдан сўнг маданият ходимлари иштирокида концерт дастурлари ҳам бўлиб ўтди.

Fuqarolik protsessual kodeksining 33-moddasida arizalar javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga berilishi qayd etilgan.

Bu umumiy qoida hisoblanib, ayrim istesnolar belgilanadi. Xususan, ushbu kodeks 34-moddasiga asosan da’vogarning voyaga yetmagan bolalari borligi tufayli u javobgar yashab turgan joyidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga borishga qiynalsa, nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi da’volar da’vogarning yashaydigan joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, qoidada yashash joyidagi sudga ariza berish mumkinligi qayd etilgan. Bunda doimiy yashash joyi deb alohida ta’kidlanmagan. 33-moddada ham faqat doimiy yashash joyi emas, doimiy mashg‘ul bo‘lgan joy ham keltirilgan..

Namangan viloyati Adliya boshqarmasi Kosonsoy tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

                                               J.K.Akramov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ–3016-son qaroriga 4-ilova bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to‘g‘risida”gi nizomga 9-bandiga muvofiq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritish, ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiste’molchilik holatlarini oldini olish Majburiy ijro byurosi (MIB)ning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, nizomning 12-bandiga ko‘ra sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishini ta’minlash sohada MIB javobgar hisoblanadi.

Ushbu qoidaning mazmuniga ko‘ra sud qarorlarini ijro etishga vakolatli va majburiyatli organ bu MIB.

Shunga ko‘ra ijrochi sizdagi holat bo‘yicha sud hujjatini unday qanday tartibda yozilgan bo‘lsa, shunday tartibda ijro etishi kerak.

Agar xodim bu majburiyatini bajarmagayotgan bo‘lsa, unda siz tuman prokuraturasiga murojaat qilishingiz mumkin

Namangan viloyati Adliya boshqarmasi Kosonsoy tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

                                        A.T.Zokirjonov

Odatda, bola puli masalasida ko‘p fuqarolar e’tiroz bildirishadi. Ularning mazmuni deyarli bir xil. Fuqarolar murojaat qiladi biroq ariza rad etiladi. Rad etish asosi esa bir biriga o‘xshash. Kimgadir turmush o‘rtog‘ing davlat ishlamasligi tufayli bola puli berilmaydi desa, ba’zilariga oilada umuman ishlaydigan shaxs yo‘qligi uchun bola puli berilmaydi degan javob qaytariladi.

Aslida rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish izlab kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlariga murojaat qilmagan hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlarida hisobda turmagan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila a’zosi mavjud bo‘lganda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladi.

Rad qilishning ushbu asosidan qonuniy yo‘l bilan chiqib ketish mumkin.

Buning uchun soliq inspeksiyaga borib o‘zini-o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tib guvohnoma olish kifoya qiladi.

Bunda bir o‘q bilan ikki quyon uriladi.

Nega bundayligini quyidagicha tushuntiramiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi PQ-4742-son qaroriga ilova bilan O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati tasdiqlangan.

Masalan unda ERKAKLAR UChUN:

 Jismoniy shaxslarga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish, qurilish-ta’mirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari) kabilar mavjud bo‘lsa;

AYoLLAR UChUN:

 Uy xo‘jaligini yuritish va uy ishlarini bajarish, shu jumladan, turar joylarni tozalash, ovqat pishirish bo‘yicha uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish va boshqalar mavjud.

Bunda O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 16-bandiga ko‘ra o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat staji hisoblanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda ijtimoiy soliq to‘lanadi xolos.

 

Shunga ko‘ra o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘ziga pensiya hisoblanishi va ish stajiga ega bo‘lishi uchun Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin.

Bunda Soliq kodeksining 408-moddasiga asosan 2024 yil uchun kamida BHMning 1 baravari miqdorida soliq to‘lanishi yetarli.

2023 yil 1 dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son  Farmoniga ko‘ra MHTEKM 1 050 000 so‘m etib belgilangan.

Agar o‘zingiz xohlasangiz, shu soliqni to‘lab, ish stajiga ega bo‘lishingiz ham mumkin.

Soliq kodeksining 369-moddasiga  muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar jismoniy shaxslardan  olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi. Bu esa sizga yuqoridagi faoliyat bilan shug‘ullanishdan olgan daromadingizdan soliq to‘lamasligingizni bildiradi.

Qisqasini aytganda, siz ikkinchi usuldan foydalangan holda, ikki emas, uch quyonni birdan urgan bo‘lasiz.

 Birinchidan, bola puli olishni ishlamaysan degan asos bilan rad qilishdan qutulasiz va bola puli olishga haqli bo‘lasiz.

 Ikkinchidan, pensiyaga chiqish uchun o‘zingizga ish stajini sotib olasiz.

 Uchinchidan, agar shu faoliyat bilan shug‘ullanib daromad olsangiz unda soliq to‘lashdan ham qutulasiz.

 Xullas, qonun sizga bergan imtiyozlardan to‘g‘ri foydalaning va kerakli natijaga erishing..

Namangan viloyati Adliya boshqarmasi Kosonsoy tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

                                        A.T.Zokirjonov

Yuqoridagi savol bo‘yicha Ustozlardan ko‘plab murojaatlar keldi! Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qaroriga 1-ilova “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 21-bandiga ko‘ra, umumta’lim muassasalari psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qaroriga 1-ilova “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomning 24-bandiga ko‘ra, o‘quv yili umumta’lim muassasalarida 2 sentyabrdan kelgusi yilning 25 mayiga qadar davom etadi va to‘rtta chorakka bo‘linadi.

Nizomning 26-bandiga ko‘ra esa, o‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

👉 kuzgi ta’til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

👉 qishki ta’til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

👉 bahorgi ta’til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;

👉 yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.

Shunga ko‘ra umumta’lim muassasalarida o‘quv yili sentyabr oyidan boshlanishi va yozgi ta’til 1 sentyabrgacha davom etishini inobatga olib, o‘qituvchining direktor jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili boshlangunga qadar belgilanadi..

Namangan viloyati Adliya boshqarmasi Kosonsoy tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

                                               A.T.Zokirjonov