O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ–3016-son qaroriga 4-ilova bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to‘g‘risida”gi nizomga 9-bandiga muvofiq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritish, ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiste’molchilik holatlarini oldini olish Majburiy ijro byurosi (MIB)ning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, nizomning 12-bandiga ko‘ra sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishini ta’minlash sohada MIB javobgar hisoblanadi.
Ushbu qoidaning mazmuniga ko‘ra sud qarorlarini ijro etishga vakolatli va majburiyatli organ bu MIB.
Shunga ko‘ra ijrochi sizdagi holat bo‘yicha sud hujjatini unday qanday tartibda yozilgan bo‘lsa, shunday tartibda ijro etishi kerak.
Agar xodim bu majburiyatini bajarmagayotgan bo‘lsa, unda siz tuman prokuraturasiga murojaat qilishingiz mumkin
Namangan viloyati Adliya boshqarmasi Kosonsoy tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
A.T.Zokirjonov






