2025-yilda mahallalarda aholi bandligini taʼminlash va daromadli qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish uchun yangi rejalar tuzilmoqda.

Bunda mahallalarning ixtisoslashuvi muhim ahamiyatga ega. Respublika ishchi guruhi vakillari Kosonsoy tumanidagi “Bogʻibaland” hamda “Fayzobod” mahallalarini oʻrganib, har ikki mahallaning imkoniyatlarini oʻrgandi.

Manzilli roʻyxat shakllantirish, takliflar berish, Xitoy tajribasi uchun pilot loyihalar joyini belgilash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Bugun, Kosonsoy tumani hokimligi majlislar zalida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi boshlanishi munosabati bilan amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan seminar tashkil etildi.

Tadbirda Kosonsoy tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Elmurod Toshpoʻlatov, xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosar Nodira Ahmedova, tumanga biriktirilgan ishchi guruh rahbari Sherzodbek Begmatov, “Ayollar daftari” viloyat shtabi rahbari Sh.Kaharov hamda “mahalla yettiligi” vakillari va masʼul tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash, ularning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va zaruriy yordam koʻrsatish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, ayollarni tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga oʻqitish orqali bandligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yigʻilish davomida “mahalla yettiligi” uchun ham muhim vazifalar koʻrsatib oʻtildi. Jumladan, Mahalladagi ishsiz aholini bandligini taʼminlash, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etishda koʻmaklashish, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish orqali yangi ish oʻrinlari yaratish kerakligi taʼkidlandi.

Xabaringiz bor, “Yoshlar forumi” doirasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh yoshlar eʼtirof (https://t.me/yoshlaragentligi/12446) etildi.

🇺🇿Xususan, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar orasida mahallalardagi yoshlar yetakchilari ham o‘rin olgan. Bu yosh yetakchilar o‘z hududlarida yoshlar bilan ishlashda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish va yoshlar muammolarni hal etishda tashabbuskorligi bilan ajralib turadi.

Yoshlar yetakchilariga berilgan bu eʼtirof — yuksak ishonch va masʼuliyat belgisidir!

✅ Ma'lumot uchun, ushbu ro'yxatga Kosonsoy tumanidagi "Namuna" mahalla yoshlar yetakchisi Avazxon Naqibxonov ham kiritildi.

Ahmadjon Aʼloxodjayev Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyat kengashi raisi lavozimiga tayinlandi.

Barchaga yaxshi maʼlum A. Aʼloxodjayev avval ham uzoq yillar “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyat kengashi raisi sifatida faoliyat yuritgan davrlarda tashkilot respublikada eng namunali muassasa sifatida koʻp bor eʼtirof etilgan.

Yaqin yillarda esa viloyat Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi lavozimida samarali mehnat qildi.

Ahmadjon Aʼloxodjayev yangi lavozimga tayinlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasida “Namangan iftixori-2024” taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda 2024-yilda madaniyat, sport, turizm va media sohalarida yutuqlarga erishgan 35 nafar fidoyilar mehnati alohida eʼtirof etilib, maxsus statuetka va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Quvonarlisi, eʼtirof etilganlar orasida Kosonsoy farzandi, estradamizning umidli xonandasi Nurzida Isayeva ham bor. Hamyurtimizga Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov maxsus statuetka va pul mukofotini tantanali ravishda topshirdi.