Bugun, Kosonsoy tumani hokimligi majlislar zalida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi boshlanishi munosabati bilan amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan seminar tashkil etildi.
Tadbirda Kosonsoy tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Elmurod Toshpoʻlatov, xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosar Nodira Ahmedova, tumanga biriktirilgan ishchi guruh rahbari Sherzodbek Begmatov, “Ayollar daftari” viloyat shtabi rahbari Sh.Kaharov hamda “mahalla yettiligi” vakillari va masʼul tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Yigʻilishda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash, ularning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va zaruriy yordam koʻrsatish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, ayollarni tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga oʻqitish orqali bandligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Yigʻilish davomida “mahalla yettiligi” uchun ham muhim vazifalar koʻrsatib oʻtildi. Jumladan, Mahalladagi ishsiz aholini bandligini taʼminlash, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etishda koʻmaklashish, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish orqali yangi ish oʻrinlari yaratish kerakligi taʼkidlandi.






