Ahmadjon Aʼloxodjayev Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyat kengashi raisi lavozimiga tayinlandi.
Barchaga yaxshi maʼlum A. Aʼloxodjayev avval ham uzoq yillar “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyat kengashi raisi sifatida faoliyat yuritgan davrlarda tashkilot respublikada eng namunali muassasa sifatida koʻp bor eʼtirof etilgan.
Yaqin yillarda esa viloyat Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi lavozimida samarali mehnat qildi.
Ahmadjon Aʼloxodjayev yangi lavozimga tayinlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.






