Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasida “Namangan iftixori-2024” taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda 2024-yilda madaniyat, sport, turizm va media sohalarida yutuqlarga erishgan 35 nafar fidoyilar mehnati alohida eʼtirof etilib, maxsus statuetka va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Quvonarlisi, eʼtirof etilganlar orasida Kosonsoy farzandi, estradamizning umidli xonandasi Nurzida Isayeva ham bor. Hamyurtimizga Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov maxsus statuetka va pul mukofotini tantanali ravishda topshirdi.






