Fuqarolarning mehnat qilish huquqini amalga oshirish shakllaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birgalikda aholini ish bilan taʼminlash davlat bandlik siyosati mazmunini tashkil etadi. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan bandlik siyosati quyidagi yoʻnalishlarda roʻyobga chiqarilib bormoqda: a)kichik va xususiy biznesni ragʻbatlantirish yoʻli orqali oʻzini oʻzi ish bilan taʼminlashi, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish; b) korxonalarda ish oʻrinlari koʻpaytirilishi va yangi ish oʻrinlari ochilishini qoʻllab quvvatlash; v) kasanachilikni rivojlantirish orqali aholining muhtoj tabaqalarini ish bilan taʼminlash; g) aholiga maishiy hamda boshqa xizmatlar koʻrsatilishini kengaytirish; d) yoshlarning yangi kasblarni egallashlariga koʻmak berish. Ish bilan taʼminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjat „Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hisoblanadi. Ushbu qonunni 2-moddasiga muvofiq ish bilan taʼminlash fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, oʻz shaxsiy hamda ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq boʻlgan, ularga ish haqi keltiradigan faoliyat deb qaraladi. Unumli shuningdek ijodiy mehnat qilishga boʻlgan oʻz qobiliyatlarini tasarruf etish shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat, shuningdek haq toʻlanadigan ishni bajarishga aloqasi boʻlmagan faoliyat bilan shugʻullanishining mutlaq huquqi fuqarolarga tegishli hisoblanadi. Majburiy mehnat, yaʼni biron-bir jazoni qoʻllash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash taqiqlanadi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno hisoblanadi. Kishilarning ixtiyoriy ravishda ish bilan band boʻlmasligi ularni javobgarlikka tortish uchun asos boʻla olmaydi. Quyidagilar ish bilan taʼminlangan deb hisoblanadi: yollanib ishlayotgan; shu jumladan ishni toʻliqsiz ish vaqtida haq evaziga bajarayotgan, kasanachilik bilan shugʻullanayotgan, shu bilan birgalikda haq toʻlanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega boʻlgan fuqarolar; betobligi, mehnat taʼtilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarishning toʻxtatib qoʻyilganligi sababi bilan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ish joyida boʻlmagan hodimning ish joyi saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida boʻlmagan fuqarolar; oʻzini ish bilan mustaqil taʼminlayotgan fuqarolar, shu jumladan yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar, kooperativlarning aʼzolari, fermerlar va ularning ishlab chiqarishda qatnashayotgan oila aʼzolari shuningdek taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olayotgan fuqarolar; Qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va diniy muassadalarda ishlayotgan fuqarolar shular jumlasidandir.

 

 

Namangan viloyati Adliya boshqarmasi

Kosonsoy tuman Adliya bo'limi

Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti

                                      J.R.Xalilov

Yuridik javobgarlik — huquqbuzarga nisbatan huquq normalarida ko‘zda tutilgan sanksiyalar asosida davlatning majburlov choralarini qo‘llash. Bu choralar fuqaroviy javobgarlik,ma'muriy javobgarlik intizomiy javobgarlik jinoiy javobgarlik turlariga bo‘linadi. Huquqiy javobgarlik o‘z xususiyatiga ko‘ra, siyosiy, axloqiy va boshqa javobgarliklardan farq qiladi. Huquqiy javobgarlik huquqbuzarlikning turlariga muvofiq quyidagilarga bo‘linadi: jinoiy-huquqiy, fuqarolik-huquqiy, maʼmuriy-huquqiy, intizomiy-huquqiy javobgarlik. Huquqiy javobgarlikda adolatlilik, insonparvarlik, qonuniylik asoslantirilganlik, huquq buzilgan holda javobgarlikning muqarrarligi, individuallik (faqat aybdor shaxsning o‘ziga nisbatan javobgarlik), maqsadga muvofiqlik kabi tamoyillarga amal qilinadi. Zaruriy mudofaa (shaxs, jamiyat, davlat manfaatlari himoyasidan kelib chiqib, zarar yetkazuvchiga nisbatan zaruriy mudofaa doirasida qarshilik ko‘rsatish yoki zarar yetkazish); oxirgi zarurat (shaxs jamiyat, davlat manfaatlariga xavf tug‘diradigan holatlarda, bu xavfning oldini olishga qaratilgan choralar doirasidagi harakatlar); kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik; muomalaga layoqatsizlik; kazus (tasodiflar) va shahrik yuridik javobgarlikni istisno qiluvchi holatlar hisoblanadi. Yuridik javobgarlikni amalga oshirish uchun vakolatli organning huquqni qo‘llash akti zarur bo‘ladi. Bunday aktlar sudning qarori, maʼmuriyat buyrug‘i bo‘lishi mumkin.

 

Namangan viloyati Adliya boshqarmasi

Kosonsoy tuman Adliya bo'limi

Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti

                                      J.R.Xalilov

Ҳомиладорлик ва туғиш бўйича нафақа, ҳомиладорлик ва туғиш бўйича нафақани тайинлаш ва тўлаш учун белгиланган тартибда берилган меҳнатга лаёқатсизлик варақаси асос бўлади. Варақа йўқолган ҳолларда нафақа унинг ўрнига такрорий берилган вақтинча меҳнатга лаёқатсизлик варақаси (дубликат) асосида берилади.

Вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик, ҳомиладорлик ва туғиш бўйича нафақалар барча ҳолларда ходимнинг ҳақиқий иш ҳақидан ҳисоблаб чиқарилади.

Нафақаларни ҳисоблашда асос қилиб олинадиган ҳақиқий иш ҳақига иш жойидан, суғурта бадаллари ундирилиб тўланадиган жами иш ҳақи тўловлари киради.

Вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик ёки ҳомиладорлик таътили бошланган ойдан олдинги 12 ой даврида олган ва суғурта бадаллари чегирилган барча мукофотларнинг 1/12 қисми нафақа ҳисоблаб чиқариладиган ойлик иш ҳақига қўшилиб, ўртача ойлик иш ҳақи миқдори аниқланади.

12 ой тўлиқ ишламаганлар учун “декрет пули” 75% тўланади.

Меҳнат кодексининг  404-моддаси 1-қисмига кўра, “декрет пули” ўртача ойлик иш ҳақининг 75 фоизидан кам бўлмаган миқдорда тўланиши белгиланган.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 27 декабрдаги ПҚ-2699-сон қарорига кўра, 12 ойдан кўпроқ танаффусдан сўнг меҳнат фаолиятини қайтадан бошловчи ходимлар учун декрет пули 75 фоиз тўланиши белгиланга

Наманган вилояти Адлия бошқармаси Косонсой туман Адлия бўлими Юридик хизмат кўрсатиш маркази бошюрисконсулти

                                          Ж.К. Акрамов

Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлигининг Ёшларга оид давлат сиёсатини қўллаб-қувватлаш жамғармаси маблағларини шакллантириш ва улардан фойдаланиш тартиби тўғрисидаги НИЗОМ қабул қилинган мазкур Низомда Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлигининг Ёшларга оид давлат сиёсатини қўллаб-қувватлаш жамғармаси  маблағларини шакллантириш ва улардан фойдаланиш тартиби белгиланган.

Унга ко'ра, жамғармадан ёшлар етакчиларига  қуйидаги имтиёз  ва рағбатлантириш беришда фойдаланиш мумкин:

🔹ҳар чоракда маҳаллада ёшлар сиёсатини самарали амалга оширишда юқори натижадорликка эришаётган мамлакат бўйича энг илғор 100 нафар маҳалладаги ёшлар етакчиларини бир ойлик иш ҳақига тенг миқдорда бир марталик пул мукофоти шунингдек, фаолият самарадорлиги кўрсаткичларидан келиб чиқиб, маҳалладаги ёшлар етакчиларини ҳар чорак якуни бўйича ойлик иш ҳақининг 50 фоизигача миқдорда пул мукофоти билан тақдирлаш;

🔹йил якуни бўйича ўзига бириктирилган ҳудудда юқори натижаларга эришган маҳалладаги ёшлар етакчиларига ипотека кредити асосида сотиб олинаётган уй-жой қийматининг 50 фоизи миқдорида, бироқ қонунчилик ҳужжатларида белгиланадиган уй-жой ҳисобланган қийматининг 50 фоизидан юқори бўлмаган миқдорда субсидия ажратиш(150 миллион со'мгача);

🔹 бошқа ҳудудлардан келиб ўз фаолиятини олиб бораётган маҳалладаги ёшлар етакчиларига базавий ҳисоблаш миқдорининг икки бараваригача бўлган миқдорда турар жой ижара тўлови қоплаб бериш (бир ойда бир маротаба)

Наманган вилояти Адлия бошқармаси Косонсой туман Адлия бўлими Юридик хизмат кўрсатиш маркази бошюрисконсулти

                                               Ж.К. Акрамов

Оила кодексининг 81-моддасига кўра ота-оналик ҳуқуқидан маҳрум қилиниши ота-онани ўз боласига таъминот бериш мажбуриятидан озод қилмайди.

Демак, оталикдан ҳуқуқидан маҳрум бўлган тақдирда ҳам барбир алимент тўлашда давом этади.

Лекин яна бир қоида бор. Ушбу кодекснинг 105-моддасига мувофиқ алимент тўлаётган ота-онанинг бошқа вояга етмаган болалари бўлиб, ундан қонунда белгиланган миқдорда алимент ундирилганда ўша болалар алимент олаётган болаларга нисбатан моддий жиҳатдан камроқ таъминланиб қоладиган бўлса, шунингдек алимент тўлаётган ота (она) ногиронлиги бўлган шахс бўлиб, моддий жиҳатдан қийналиб келаётган бўлса ёки алимент олаётган шахс мустақил даромадга эга бўлган тақдирда, алимент миқдори суд томонидан камайтирилиши мумкин.

 

Наманган вилояти Адлия бошқармаси Косонсой туман Адлия бўлими Юридик хизмат кўрсатиш маркази бошюрисконсулти

                                          Ж.К. Акрамов