Янгиликлар
Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексига мувофиқ, ходим иш тартиби ёки графигига ёхуд меҳнат шартномаси шартларига мувофиқ ўз меҳнат вазифаларини бажариши лозим бўлган вақт иш вақти ҳисобланади. Шунингдек, Иш берувчи ходимнинг ишлаган вақтини ҳисоблаб бориши шартлиги белгиланган. Иш берувчи ходимга бажарган иши учун ҳақ тўлайди.
Қонунчиликка мувофиқ, умумий ўрта-таълим муассасалари педагог ходимлари ўз фаолиятини намунавий йиллик иш режа асосида амалга оширишади.
Педагоглар иш режаси икки йўналишдаги тадбирлар мажмуасидан иборат бўлиб, қуйидаги икки йўналишда шакллантирилади:
➡️ ўқув-тарбия жараёнига оид;
➡️ ўқув-тарбия жараёнининг методик таъминоти ва ташкилий-педагогик жараёнга оид.
Ўқув-тарбия жараёнининг методик таъминоти ва ташкилий-педагогик жараёнга оид йиллик иш режада ҳар бир педагог ходимнинг лавозим мажбуриятлари ҳамда у билан тузилган меҳнат шартномасида белгиланган вазифалар билан бир қаторда ўқувчиларни баркамол ва маънавий етук инсон этиб тарбиялаш мақсадида уларнинг қобилият ва истеъдодларини ривожлантиришни назарда тутган ҳолда, фанларни ўзлаштиришда қийналаётган ва иқтидорли ўқувчилар билан алоҳида машғулотлар олиб бориши ҳамда педагог ходимнинг ўз устида мустақил ишлаши назарда тутилади.
Ўқув-тарбия жараёнининг методик таъминоти ва ташкилий-педагогик жараён умумий ўрта таълим муассасасида олиб борилишини инобатга олган ҳолда, мактабда дарс бўлмаган даврда ҳам ўқитувчилар мактабда фаолият юритиши зарур..
Наманган вилояти Адлия бошқармаси Косонсой туман Адлия бўлими Юридик хизмат кўрсатиш маркази бошюрисконсулти
А.Т. Зокиржонов
Taqdim etiladigan hujjatlar:
- shonchnoma beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatlar);
- transport vositasini qayd etish guvohnomasi (tex.pasport);
- agar ishonchnoma tasarruf etish huquqi bilan berilganda umumiy birgalikdagi mulkni tashkil etsa, barcha mulkdorlarning (er-xotinning) roziligi (nikoh guvohnomasi);
- mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa garovga oluvchining roziligi;
- agar vasiylikdagi (homiylikdagi) shaxs nomidan vasiy (homiy) ishonchnoma bersa vasiylik va homiylik organining roziligi;
- agar avtotransport vositasi egasiga meros guvohnomasiga asosan tegishli bo‘lsa, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomasining nusxasi;
- agar ishonchnoma yaqin qarindoshlarga berilsa, qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat;
- agar mulk merosga asosan tegishli bo‘lsa, meros guvohnomasining nusxasi.
Наманган вилояти Адлия бошқармаси Косонсой туман Адлия бўлими Юридик хизмат кўрсатиш маркази бошюрисконсулти
Ж.К. Акрамов
Reglamentga asosan avtomototransport vositasiga ishonchnoma ariza beruvchi tomonidan YaIDXPdan (my.gov.uz) foydalangan holda, oʻzining va ishonchnoma berilayotgan shaхs(lar)ning shaхsga doir ma’lumotlarini kiritish orqali mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi. Xususan quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi karta hamda jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami.
Mazkur davlat хizmati «Notarius» ATdan foydalangan holda koʻrsatiladi. Ishonchnoma ariza beruvchining хohishiga koʻra 1 oy, 6 oy va 3 yil muddatgacha berilishi mumkin.
Bunda ariza beruvchi soʻrovnomada koʻrsatilgan avtomototransport vositasining mulkdori boʻlmasa, ishonchnoma rasmiylashtirilmaydi.
Shuningdek, ishonchnomaga kiritiladigan shaхslar soniga cheklov oʻrnatilmaydi.
Ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda, «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Qonunda belgilangan davlat bojiga nisbatan foizlarda undiriladi. Ishonchnomaning muddatidan kelib chiqqan holda davlat boji quyidagilarni tashkil etadi:
- 1 oygacha boʻlgan muddatga – 10 foiz;
- 1 oydan ortik va 6 oygacha boʻlgan muddatga – 50 foiz;
- 6 oydan ortiq va 3 yilgacha boʻlgan muddatga – 100 foiz.
Elektron shaklda QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtirilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan bir хil yuridik kuchga egadir.
Ishonchnoma quyidagi holatlarda bekor qilingan hisoblanadi:
- ishonchnomaning amal qilish muddati tugaganda;
- ishonchnomani bergan shaхs tomonidan bekor qilinganda;
- ishonchnoma rasmiylashtirilgan vaqtdan soʻng ishonchnomani bergan shaхs muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoхud u vafot etganda;
- ishonchnoma berilgan shaхs(lar) muomalaga layoqatsiz, muomalaga layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoхud u vafot etganda;
- transport vositasining mulkdori oʻzgarganda.
Наманган вилояти Адлия бошқармаси Косонсой туман Адлия бўлими Юридик хизмат кўрсатиш маркази бошюрисконсулти
Ж.К. Акрамов
Алимент миқдорини камайтириш ёки алимент тўлашдан озод қилиш
- Алимент тўлаётган ота-онанинг бошқа вояга этмаган болалари бўлиб, ундан қонунда белгиланган миқдорда алимент ундирилганда ўша болалар алимент олаётган болаларга нисбатан моддий жиҳатдан камроқ таъминланиб қоладиган бўлса;
- алимент тўлаётган ота (она) ногирон бўлиб, моддий жиҳатдан қийналиб келаётган бўлса;
- алимент олаётган шахс мустақил даромадга эга бўлган тақдирда, алимент миқдори суд томонидан камайтирилиши мумкин.
- Агар вояга этмаган бола давлат ёки нодавлат муассасаларининг тўлиқ таъминотида бўлса, суд алимент тўлаётган ота ёки онанинг моддий аҳволини ҳисобга олиб, тўланаётган алимент миқдорини камайтириш ёки уни алимент тўлашдан озод қилиш ҳақида ҳал қилув қарори чиқариши мумкин.
Алимент миқдорини камайтириш ёки уни тўлашдан озод қилиш учун асос бўлган ҳолатлар тугаганда, манфаатдор тараф алимент қонунда белгиланган миқдорда ундирилишини талаб қилиб, судга мурожаат этишга ҳақли.
Наманган вилояти Адлия бошқармаси Косонсой туман Адлия бўлими Юридик хизмат кўрсатиш маркази бошюрисконсулти
Ж.К. Акрамов
Bank bilan siz o‘rtangizdagi munosabatlarning barchasi fuqarolik huquqiy shartnoma hisoblangan kredit shartnomasi bilan tartibga solinadi. Mazkur shartnomada siz va bank o‘rtasidagi barcha munosabatlar tartibga solingan bo‘ladi. E’tibor bergan bo‘lsangiz shartnomada sizning xorijiy davlatga chiqishingizga cheklov o‘rnatadigan hech bir qoidalar mavjud emas. Mavjud bo‘lgan taqdirda ham bu noqonuniy hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 32-moddasiga asosan Har kim O‘zbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega. Bu degani kredit shartnomasida sizni xorijga chiqishingizni cheklanishi bu avvalo konstitutsiya qoidalariga zid hisoblanadi.
Qachon cheklanishi mumkin?
Haqiqatdan ham qarzdorning xorijga chiqishi cheklanishi mumkin qachonki u qarzlarini vaqtida to‘lamagan va ishi majburiy ijroga chiqqan taqdirda. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 42-1-moddasiga asosan Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli. Ya’ni qisqa qilib aytganda siz kredit olganingizda sizning xorijga chiqish huquqingiz cheklanmaydi.
Наманган вилояти Адлия бошқармаси Косонсой туман Адлия бўлими Юридик хизмат кўрсатиш маркази бошюрисконсулти
Ж.К. Акрамов






