Maʼmuriy jazo - maʼmuriy huquqni buzuvchi shaxslarga nisbatan davlat organi yoki mansabdor shaxslar tomonidan koʻriladigan chora. Maʼmuriy jazo majburlovchi, ayni vaqtda tarbiyaviy xususiyatga ega boʻlgan choradir. Maʼmuriy jazoning quyidagi turlari mavjud: jarima; maʼmuriy xuquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish; maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish; muayyan shaxsni unga berilgan maxsus xuquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish; maʼmuriy qamoqqa olish.

Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ajnabiy fuqarolar va fuqoroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborilishi mumkin.

 

Namangan viloyati Adliya boshqarmasi

Kosonsoy tuman Adliya bo'limi

Yuridik xizmat ko'rsatish markazi

bosh yuriskonsulti J.R.Xalilov