Savol:   Mani yoshim 56 da. Ko`chada meni 30 ga kirgan o`spirin yigit yo`lni noto`gri joyidan o`tganligim uchun haqorat qildi. Tortishib ketdik. U yigit meni chidab bo`lmas haqoratli soʻzlar bilan (uyat: boshim qolmadi, oʻzim qolmadi) haqoratladi. Shu holatda  shokga tushib “sani qaysi haromi dunyoga keltirgan, 56 kirgan katta ayolni ham haqorat qilasanmi” degan so`zlarimni zapis qilib, haromi deganing uchun shtraf to`lataman deb men bilan olishib yotibdi. O`zi meni haqoratlagan joylarini o`chirvoribdi. Haromi so`zi haqoratga kiradimi va qanday jazo qo`llanilishi mumkin. Yoki qancha miqdorda jarima to`laniladi. Javob uchun oldindan rahmat

Savolingizga aniq javob bera olmaymiz. Ushbu masalada “haromi” soʻzi tilshunoslar tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi. Shundan soʻnggina sud tomonidan u haqorat yoki yoʻqligi tan olinadi.

Oʻzbek tilining izohli lugʻatida ushbu tushuncha “Oʻzaro nikoh qilinmagan erkak va ayoldan tugʻilgan bola” deb izohlanadi.

Shundan kelib chiqadigan boʻlsak, sizdagi holatda bu soʻz haqorat sifatida qabul qilinishi mumkin. Bunda mazkur qilmishlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.

Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 41-moddasiga muvofiq haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish:

➖ bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shuningdek, ushbu kodeks 40-moddasida tuhmat, yaʼni bila turib yolgʻon, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish:

➖ bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 60 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi mustahkamlab qoʻyilgan.

 

Namangan viloyati Adliya boshqarmasi Kosonsoy tuman Adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti

J.K.Akramov