Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi PQ-153 sonli qarori qabul qilindi. 2024-yilda Kosonsoy tumani hokimligi zaxirasidagi 366 gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyilib, 30 yil muddatga 1414 nafar yoshlarga 367 gektar yer maydolarini

“e-auksion.uz” platformasi orqali ijaraga beriladi.

 

Shuningdek, “Bir massiv - bir mahsulot” tamoyili asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim joriy etiladi.

 

Qarorga muvofiq:

- yer maydonini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi” ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladi;

- yer maydonlarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari gʻoliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi;

- zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilangan.

Bunda, elektron onlayn auksion savdolarida 1 nafar talabgor ishtirok etgan taqdirda, istisno tariqasida, auksion oʻtkazilgan hisoblanadi hamda ushbu imtiyozli shartlar asosida oʻtkaziladigan auksion savdolarida yoshlarga yer maydonini faqat bir marotaba ijaraga olishga ruxsat beriladi.