Kosonsoy tumani hokimi Dilmurod Qodirovning jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi qabuli “Doʻstlik” mahallasida oʻtkazildi. Sayyor qabullar xalqning uzogʻini yaqin qilayotgani shu kabi tadbirlarda namoyon boʻladi.

Bugun qabulda murojaatchilarning aksariyat qismi mazkur mahalla fuqarolarini tashkil etdi. Jumladan, bugun fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam, ijtimoiy koʻmak, tibbiy yordam, bandlik hamda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish kabi masalalari koʻrib chiqildi.

Qabulda qatnashgan masʼullar bilan murojaatlarga yechim izlandi, oʻrganib chiqish va amaliy yordam berishga aniq muddat belgilandi.