Mamlakatimizda aholining tinch va farovon turmush kechirishi, har bir mahalla va oilada ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, ularning barkamol avlodni tarbiyalashda oʻrni va rolini oshirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Shu maqsadda Kosonsoy tumani  hokimligida tuman hokimi oʻrinbosari N. Ahmedova, Diniy qoʻmitaning tuman boʻyicha bosh mutaxassisi Sh.Boyboboyev, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari D.Isaqov hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida “Xotin-qizlar oʻrtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oldini olish” boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda tumanda xotin-qizlar oʻrtasida diniy vaziyatni sogʻlomlashtirish, mutaassib gʻoyalar tarqalishining oldini olish, ayollar jinoyatchiligi, oilaviy ajrimlar tahlil qilinib, xotin-qizlar bilan bogʻliq salbiy holatlarni oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tadbirda mahallalardagi xotin-qizlar faollari, tashkilot va korxonlar, taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilot  rahbarlari ishtirok etdilar.