2025-yilning 1-yanvar kuni soat 09:00 holatiga koʻra, Kosonsoy tumanida 6 nafar chaqaloq dunyoga keldi, deya xabar berdi tuman tugʻruq kompleksi maʼmuriyati. Yangi yilning birinchi kuni tugʻilgan chaqaloqlarning 4 nafari oʻgʻil bola, 2 nafari esa qiz bola boʻlib, 2025-yilning birinchi chaqalogʻi soat 02:20da (oʻgʻil bola) tugʻildi. 2025-yilning ilk chaqalogʻini Kosonsoy tumanining “Chust koʻcha” mahallasida yashovchi Manfuratjon Mutalova dunyoga keltirdi.

Kosonsoy tuman hokimligi Axborot xizmati