Har birimizning hayotimizda o‘chmas iz qoldirgan 2024 yil bilan barchamiz xayrlashib, ezgu qadamlar bilan 2025 yilni kutib oldik.
Hurmatli yurtboshimizning bayram tabrigini katta mamnuniyat bilan tinglab, 2025 yil uchun o‘z rejalarimizni ham belgilamoqdamiz.
Fursatdan foydalanib, butun tumanimiz ahlini ushbu qutlug‘ ayyom – kirib kelgan Yangi yil bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Yangi yilda ham ulkan ezgu ishlarni barcha kosonsoyliklar bilan birga davom ettiramiz. Ko‘zda tutilgan rejalarimizning barcha-barchasi, hech shubhasizki, o‘zining mantiqiy yakuniga yetkaziladi va ko‘zlangan maqsadimizga albatta erishamiz degan umiddaman.
Yangi yilda sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda esa ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.Yangi yilda xonadoningizdan cheksiz quvonch, fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik arimasin!
Buyuk va muqaddas Vatan - jonajon O‘zbekistonimiz osmoni hamisha musaffo bo‘lsin!
📌 Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,Kosonsoy tuman hokimi Dilmurod Qodirov.






