Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 21-oktabr "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan ma'naviy-ma‘rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
🔶Tadbirni ochib bergan maktab ma'naviy ma‘rifiy-ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari B.Hasanov yig'ilganlarni bayram bilan tabrikladi.
📝Shuningdek ushbu tabdirda Respublikasi ma'naviyat va ma'rifat markazi Kosonsoy tuman bo‘linmasi rahbari D.Isaqov hamda Davlat tilida ish yuritish bo'yicha hokim maslahatchisi Z.Nishonova Namangan davlat Universiteti professorlari ishtirok etdilar.Tadbirni yuqori saviyada tashkil etishda jonbozlik ko'rsatgan ustozlar taqdirlandi.






