Kosonsoy tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 22-sonli umumtaʼlim maktabida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “Ona tilim - faxrim!” shiori ostidagi bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar ona tilimizning buyukligi, boyligi, betakrorligi va oʻziga xos fazilatlari haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdilar.
Bayram tadbirida yosh ijodkor oʻquvchilar tomonidan ijro etilgan ona tilimizni madh etuvchi sheʼrlar, maktab oʻquvchilarining chiqishlari yigʻilganlarga koʻtarinkilik baxsh etdi.






