Subsidiya — ipoteka kreditlari asosida kvartira sotib olish uchun boshlang‘ich badal va kredit foizining bir qismini yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruktsiya qilish uchun kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida Davlat byudjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘.
- Ariza beruvchi — ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
- Daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oila — qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha oylik daromadlar miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha va Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha bo‘lgan oilalar.
- riza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
- O‘zi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda Nizomga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda to‘ldiradi.
- Zarur hollarda ayrim toifadagi shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari) va davlat hisobidan uy-joylar bilan ta’minlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar tomonidan oylik daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasiga taqdim etiladi.
- Ariza beruvchidan yuqorida ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni hamda anketa-arizada qayt etilgan ma’lumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani uning oila a’zolari notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma asosida berishi mumkin. Davlat xizmatlari markazi va YaIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar va markaz tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritish to‘lovlarsiz (bepul) amalga oshiriladi.
Косонсой тумани юридик хизмат курсатиш маркази бош юрисконсулти Ж.К.Акрамов.






