Kosonsoy tuman hokimining 2019 yil 30 sentyabrdagi 3589- sonli qarori

04.10.2019
 
Ижтимоий ҳимояга муҳтож, иш топишда қийналаётган ва меҳнат бозорида тенг шартларда рақобатлаша олмайдиган шахсларни ишга жойлаштириш учун иш ўринларини 2020 йил учун банд қилиб қўйиш тўғрисида

МУҲИМ ҚАДАМ

07.09.2019

Мамлакатимизда Халқ билан мулоқот ва инсон манфаатлари йилида ҳар бир соҳада оламшумул, тарихий улкан ўзгаришлар юз бермоқда. Хусусан, Президентимизнинг жорий йил 20 июндаги «Ўзбекистон Республикаси аҳолисига 2017-2021 йилларда ихтисослаштирилган тиббий ёрдам кўрсатишни янада ривожлантириш чора – тадбирлари тўғрисида»ги қарори бу борадаги муҳим қадамлардан бири бўлди.

ТАШАББУС ижросини таъминлаш асосий мақсадимиз

06.09.2019

 

Ўзбекистон Республикаси Президенти раислигида шу йилнинг 19 мартида ўтказилган видеоселектордаги ёшларга эътиборни кучайтириш, ёш авлодни маданият, санъат, жисмоний тарбия ва спортга кенг жалб этиш, уларда ахборот технологияларидан тўғри фойдаланиш кўникмасини шакллантириш, ёшлар ўртасида  китобхонликни тарғиб қилиш, хотин-қизлар бандлигини таъминлаш масалалари юзасидан билдирилган 5 ташаббус ижроси туман ҳокимлигининг алоҳида назоратида.

Косонсой тумани марказида ўзгача кўринишга эга "Ёшлар хиёбони" барпо этилди.

06.09.2019

  Энг улуғ, энг азиз байрамимиз Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 28 йиллиги арафасида туманимиз маркази аввалгидан-да кўркам қиёфа касб этди. Бунда "Обод марказ" давлат дастурида белгиланган тадбирлар ижроси таъминлагани муҳим аҳамиятга эга бўлди. Мазкур дастурга кўра бир неча мактаб  ҳамда мактабгача таълим муассасалари бинолари мукаммал таъмирланди. 

SAYLOV-2019: SAVOL VA JAVOBLAR

05.09.2019

SAYLOV-2019: SAVOL VA JAVOBLAR

Savol: Uchastka saylov komissiyalarining vakolatlari nimalardan iborat?

TADBIRKOR QONUN HIMOYASIDA

04.11.2016

TADBIRKOR QONUN HIMOYASIDA

03.11.2016 08:59

Savol: Kelgusida 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4848-son Farmon bilan xo’jalik sudlari faoliyatida tadbirkorlik sub’ektlarni manfaatida qanday o’zgarishlar ro’y beradi?

“Kosonsoymeliosuvtrans” MCHJ rahbari

A.Abdurahmanov.

Ushbu savolga viloyat adliya boshqarmasi bo’lim boshlig’i, Yuristlar malakasini oshirish markazi tinglovchisi, Alimardon Inomov javob beradi:

-2017 yilning 1 yanvaridan boshlab tadbirkorlik sub’ektlari hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to’g’risida ariza bergan taqdirda davlat boji to’lashdan ozod etiladilar.

SHuningdek, tadbirkorlar huquqlarining sud orqali ishonchli himoya qilinishini, shaffoflik va xolislikni ta’minlash maqsadida xo’jalik sudi majlislariga audio va video qayd etish mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Qabul qilingan sud qarorlari veb-saytlarda joylashtirilishini nazarda tutuvchi dastur ishlab chiqiladi.

*****

Savob: Otalikni belgilash qanday amalga oshiriladi?

Savolga tuman FHDYo bo’limi inspektori R. Azizova javob beradi:

-Otalikni belgilash O’zbekis-ton Respublikasi "Oila" kodeksining 205-207 moddalariga asosan FHDYo organlarida umumiy tartibda amalga oshiriladi. SHuningdek, qonuniy nikohda bo’lmagan ota-onadan tug’ilgan bolalarga tug’ilish qayd etilganida ota-onalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari, ota-onaning birgalikdagi arizalari, chaqaloq tug’ilganligi haqidagi tibbiy ma’lumotnoma, ayrim hollarda 10 yoshdan yuqori bo’lgan bolalarning roziligi hamda sudning otalikni belgilash haqidagi hal qiluv qarori asos bo’ladi.  Sudning otalikni belgilash haqidagi hal qiluv qaroriga asosan bolaning tug’ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi to’g’risidagi ma’lumotlarni kiritish mazkur qaror qonuniy kuchga kirgandan keyin amalga oshiriladi. Tug’ilganlik haqidagi  dalolatnoma yozuvi yolg’iz onaning arizasiga asosan qayd etilgandan keyin bolaning ota-onasi qonuniy nikohdan o’tib, ona nikohdan so’ng erining familiyasiga o’tgan bo’lsa va ular otalikni belgilash haqidagi arizaga birgalikda imzo qo’ysalar bolaning tug’ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o’zgartirish kiritilib, otalikni belgilash haqidagi xabarnoma yetti kun ichida viloyat FHDYo arxiviga yuboriladi.

 

 

Puxta hozirlik

13.10.2016

O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Kosonsoy tuman kengashining navbatdagi plenumi bo’lib o’tdi. Unda kengashning yilning o’tgan davridagi faoliyati, Prezident sayloviga puxta hozirlik ko’rish kabi masalalar muhokama etildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi viloyat kengashi devoni rahbari G’.To’ychiboev, tuman Kengashi deputati A. Atamov so’zga chiqdilar.

Plunumda Abdusattor Qahhorov O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tuman kengashi raisi etib tasdiqlandi.

 
© 2014-2020, Namangan viloyat Kosonsoy tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.kosonsoy.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.