TADBIRKOR QONUN HIMOYASIDA

04.11.2016

TADBIRKOR QONUN HIMOYASIDA

03.11.2016 08:59

Savol: Kelgusida 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4848-son Farmon bilan xo’jalik sudlari faoliyatida tadbirkorlik sub’ektlarni manfaatida qanday o’zgarishlar ro’y beradi?

“Kosonsoymeliosuvtrans” MCHJ rahbari

A.Abdurahmanov.

Ushbu savolga viloyat adliya boshqarmasi bo’lim boshlig’i, Yuristlar malakasini oshirish markazi tinglovchisi, Alimardon Inomov javob beradi:

-2017 yilning 1 yanvaridan boshlab tadbirkorlik sub’ektlari hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to’g’risida ariza bergan taqdirda davlat boji to’lashdan ozod etiladilar.

SHuningdek, tadbirkorlar huquqlarining sud orqali ishonchli himoya qilinishini, shaffoflik va xolislikni ta’minlash maqsadida xo’jalik sudi majlislariga audio va video qayd etish mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Qabul qilingan sud qarorlari veb-saytlarda joylashtirilishini nazarda tutuvchi dastur ishlab chiqiladi.

*****

Savob: Otalikni belgilash qanday amalga oshiriladi?

Savolga tuman FHDYo bo’limi inspektori R. Azizova javob beradi:

-Otalikni belgilash O’zbekis-ton Respublikasi "Oila" kodeksining 205-207 moddalariga asosan FHDYo organlarida umumiy tartibda amalga oshiriladi. SHuningdek, qonuniy nikohda bo’lmagan ota-onadan tug’ilgan bolalarga tug’ilish qayd etilganida ota-onalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari, ota-onaning birgalikdagi arizalari, chaqaloq tug’ilganligi haqidagi tibbiy ma’lumotnoma, ayrim hollarda 10 yoshdan yuqori bo’lgan bolalarning roziligi hamda sudning otalikni belgilash haqidagi hal qiluv qarori asos bo’ladi.  Sudning otalikni belgilash haqidagi hal qiluv qaroriga asosan bolaning tug’ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi to’g’risidagi ma’lumotlarni kiritish mazkur qaror qonuniy kuchga kirgandan keyin amalga oshiriladi. Tug’ilganlik haqidagi  dalolatnoma yozuvi yolg’iz onaning arizasiga asosan qayd etilgandan keyin bolaning ota-onasi qonuniy nikohdan o’tib, ona nikohdan so’ng erining familiyasiga o’tgan bo’lsa va ular otalikni belgilash haqidagi arizaga birgalikda imzo qo’ysalar bolaning tug’ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o’zgartirish kiritilib, otalikni belgilash haqidagi xabarnoma yetti kun ichida viloyat FHDYo arxiviga yuboriladi.

 

 

 
© 2014, Namangan viloyat Kosonsoy tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.kosonsoy.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.