Yetakchi kuch

05.10.2016

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov: «Farzandlarimizga ishonch, hurmat bilan qarash-kelajagimizga bo’lgan ishonch, millatimizga, xalqimizga bo’lgan hurmat-ehtiromdir» deb ta’kidlab o’tgan.

Istiqlol yillarida ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan natija va samaralar zamirida  ana shu maqsadlar mujassam topmoqda. Bugun o’sib kelayotgan avlodga, uning ma’naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi  bilan yondashish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o’qituvchi va murabbiylar oldiga katta mas’uliyat qo’ymoqda.

Mustaqillik yillarida yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini barqaror rivojlanishining kafolatlari, ustuvorligini ta’minlovchi moddiy-texnika va axborot bazasi yaratildi. Buning natijasida o’tgan yillarda mamlakatimizning barcha hududlarida, chekka-chekka qishloqlarda ham o’quvchilar uchun zamonaviy, jahon standartlariga javob beradigan maktablar, kollejlar, litseylar barpo etildi va ularning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. O’qituvchi va murabbiylar el-yurtimizning kelajagi, hayot-mamotini hal qiluvchi, ta’lim-tarbiya sohasiga bamisoli jon bag’ishlayotgan qudratli kuchga aylanmoqda. Bu-sharafli kasb egalarini farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi, ularning ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog’lom bo’lishi uchun doimo qayg’urib, astoydil mehnat qilayotganlarida namoyon bo’lmoqda.

Bayramingiz muborak, o’qituvchi va murabbiylar!

Bo’riboy Obilov, Qorasuv QFYda yashovchi


 
© 2014, Namangan viloyat Kosonsoy tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.kosonsoy.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.